O‘zbekistonda koronavirus bemorlari deyarli qolmadi – Bosh vazir o‘rinbosari
Jamiyat
−
18 dekabr 2020
8804O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar deyarli qolmadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Behzod Musayev “Toshkent yoshlar forumi –2020” tadbirining ochilish marosimidagi nutqida aytib o‘tdi. Marosimda ishtirok etayotgan QALAMPIR.UZ muxbiri Bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.
“ Ushbu kasallik aniqlanganidan beri davlat rahbari oldimizga aniq vazifalar qo‘ydi. Birontamizga tinchlik bermadilar, bir kun ham dam bermadilar. Asosiy maqsadimiz xalqimiz sog‘ayib ketishi edi.
Pandemiya davrida sog‘liqni saqlash tizimiga shunchalik ko‘p pul berildiki, bu mablag‘lar 30 yil davomida tizimga ajratilgan mablag‘dan ham ko‘proq bo‘ldi.
Dunyoning istalgan nuqtasidan shu kasallikni davolash uchun kerak bo‘lgan dorilar olib kelindi. Xorijdan mutaxassislar olib kelindi. Natijada, bugun O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar deyarli qolmadi”, deydi Behzod Musayev.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi vaqtga kelib, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 75 675 nafarga yetgan. Shulardan 72 961 nafari kasallikdan sog‘aygan. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 102 nafar bemordan 169 nafari og‘ir, 33 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi