O‘zbekistonda koronavirus haqida hujjatli film suratga olish boshlandi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekistonda yangi turdagi koronavirus COVID-19 pandemiyasi sabab vujudga kelgan vaziyat, kasallikning avj olishi, davolanishi, bemorlarning holati, boshdan o‘tkazgan kechinmalari, shifokorlarning mashaqqatli mehnatini o‘zida aks ettiruvchi hujjatli film suratga olinmoqda. Bu haqda “O‘zbekkino” MA Matbuot xizmati xabar berdi. 

“Sinovli kunlar” deb nomlangan film Agentlik buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan suratga olinmoqda.

“Ushbu filmda respublikamizga koronavirus infeksiyasining kirib kelishi, tarqalishi va unga qarshi kurashish jarayonlarida Davlat rahbari hamda xalqning hamjihatlikdagi kurashi, milliy qahramonlarimizga aylangan shifokorlar, harbiylar, shuningdek, shunday sinovli kunlarda yordamga tayyor turgan xalq vakillari, qiyinchilik kunlarda bir-biriga muruvvat ko‘rsatganlar haqida hikoya qilinadi”, deyiladi xabarda. 

Filmni suratga olish ishlari Xorazm, Buxoro, Samarqand, Sirdaryo, Andijon viloyatlari hamda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Film rejissyori va ssenariy muallifi Doniyor Shokirov, operator Said Dalilxon Said Turg‘utxonov.

Film qachon tayyor bo‘lishi va uning byudjeti haqida aniq ma’lumot berilmagan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing