O‘zbekistonda “kishanlangan” ijtimoiy tarmoqlar yana ochiladimi?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 1 avgust sanasidan boshlab O‘zbekistonda Twitter, TikTok va boshqa tarmoqlar uchun mavjud barcha cheklovlar olib tashlanishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ Axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Matbuot xizmati bilan bog‘landi.

Qayd etilishicha, Twitter, TikTok va boshqa tarmoqlardagi mavjud barcha cheklovlar olib tashlanishini tasdiqlovchi hech qanday hujjat yo‘q. 

“Hozir hech narsa deyolmayman. Bu kabi ma’lumotlar qayerdandir, yuqoridanmi sizdirilgan. Bizda aniq ma’lumotlar yo‘q”, deydi “O‘zkomnazorat” vakili.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston hududida Twitter, TikTok va “VKontakte” cheklangan. O‘zbekiston yuqoridagi kompaniyalarga serverlarini O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha talabnomalar yuborgan. Shundan so‘ng, 2021 yilning 2 iyulida “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunning 27-1-moddasi talablariga zid ravishda O‘zbekiston fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berilayotgani uchun ayrim ijtimoiy tarmoqlar faoliyatiga cheklov o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, QALAMPIR.UZ “O‘zbekistonda barcha ijtimoiy tarmoqlar bloklanishi kerak” nomli jurnalistik surishtiruv e’lon qilgandi.

Unda O‘zbekistonda Telegram, Instagram, WhatsApp, Facebook, istalgan vaqt bloklanishi mumkinligi, Tik-tok va Twitter esa allaqachon taqiqlanganlar ro‘yxatida turgani haqida so‘z boradi.

Aytish joizki, ushbu tarmoqlardan ko‘pchiligimiz, hatto, rasmiylar, amaldorlar, taqiqlashga ovoz berganlarning o‘zlari ham VPN orqali foydalanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

260

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing