Kurs UZS

USD

12 993.15

-10.8

EUR

13 619.42

65.4

RUB

143.87

0.67

O‘zbekistonda kimlar eng ko‘p maosh oladi?  

Jamiyat

image

2024 yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda  eng ko‘p maosh oladigan kasblar ro‘yxatining yuqori pog‘onasini moliya sohasi egalladi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, maoshlar bo‘yicha eng yuqori o‘sish Toshkent shahrida kuzatilgan. Bu yerda o‘rtacha oylik ish haqi 21,4% ga o‘sib, 9 mln so‘mga yetgan. 

Eng yuqori maosh to‘lanadigan sohalar:  

  • Moliya sohasi – 15,2 mln so‘m;  
  • Aloqa sohasi – 13,1 mln so‘m; 
  • Transport sohasi – 8,1 mln so‘m;  

O‘rtacha darajadagi maoshlar:  

  • Sanoat – 6,4 mln so‘m;  
  • Savdo – 6,2 mln so‘m;  
  • Qurilish – 5,9 mln so‘m;  

Eng kam maosh oladigan sohalar:  

  • Sog‘liqni saqlash – 3,4 mln so‘m;  
  • Ta’lim sohasi – 3,6 mln so‘m;

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2024 yilda o‘rtacha oylik ish haqi 2023 yilga qaraganda 17,4 foizga ko‘tarilgani ma’lum qilingandi. O‘rtacha nominal (soliq va boshqa to‘lovlarni o‘z ichiga olgan) oylik ish haqi 5 mln 357 ming so‘mni tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkich 2023 yilda 4 mln 562 ming so‘m bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston maosh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing