O‘zbekistonda kim qancha oylik olayotgani hisoblab chiqildi

Jamiyat

image

2021 yilning noyabr oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 5 mln so‘mdan ko‘proq ish haqi oluvchilar soni 2020 yilga nisbatan 209 mingtaga ortib, 513 ming 2 kishini tashkil qilgan. Bu haqda Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan O‘zbekiston Davlat byudjeti daromadlarining 2021 yildagi ijrosi bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarida keltirilgan.

Qayd etilishicha, o‘tgan yilning noyabr oyida O‘zbekiston aholisining 1 mln 616,8 ming nafari (34,5 foiz) 1 mln so‘mgacha maosh olgan. 2020 yilda bu raqamlar 1 mln 769,6 ming kishiga (40 foiz) teng bo‘lgan.

Mamlakat aholisining 24,1 foizi ya’ni 1 mln 130,1 ming nafari esa 2 mln so‘mgacha ish haqi olgan. 2020 yilning noyabr oyida bu ko‘rsatkich 27,1 foizni, ya’ni 1 mln 199,5 ming kishini tashkil etgan. 

4 mln so‘mgacha oylik oladigan aholi soni ham avvalgi yillarga nisbatan 2,4 foizga ortgan. 2021 yilning noyabr oyida 1 mln 157 ming 4 kishi, ya’ni 24,7 foiz aholi 4 mln so‘mgacha oylik olgan. 2020 yilning noyabr oyida bu ko‘rsatkich 22,3 foizni yoki 987,2 ming kishini tashkil etgan.

Mamlakatda 5 mln so‘mdan ortiq ish haqi oladiganlarning soni ham 2020 yilga nisbatan o‘sgan. Xususan, 2021 yil noyabr oyida 513,2 ming kishi, ya’ni 11 foiz aholi 5 mln so‘mdan ortiq maosh olgan.

Umumiy ma’noda, 2021 yilning noyabr oyi holatiga ko‘ra, aholining 34,5 foizi 1 mln so‘mgacha, 24,1 foizi 2 mln so‘mgacha, 24,7 foizi 4 mln so‘mgacha, 5,7 foizi 5 mln so‘mgacha, 11 foizi 5 mln so‘mdan ortiq ish haqi olgan.

Quyidagilar tushumlar oshishining asosiy omillari bo‘lgan:

•  iqtisodiy faollikning tiklanishi;

•  byudjet sektorida eng kam ish haqi miqdorining 2020 yil bilan solishtirganda o‘rtacha 12,8 foizga oshishi;

•  2020 yilda vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan byudjet tashkilotlarida moddiy rag‘batlantirish to‘lovlarining 2021 yil boshidan qisman tiklanishi;

•  xususiy sektorda ishlovchilar soni va mehnatga haq to‘lash fondining legallashtirilishi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

759

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing