Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

O‘zbekistonda xorijiy grant oluvchilar moliyaviy to‘siqlarga duch kelmasligi aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat-notijorat tashkilotlari, shuningdek, xorijiy grantlar oluvchilar moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmasligi aytildi. Bu haqda Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat-notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi direktori Otabek Husanov ma’lum qildi.

“Biz ularni oldin ham, hozir ham, kelgusida ham to‘liq qo‘llab-quvvatlashga, loyihalarini davom ettirishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga tayyormiz. Shu bilan bir qatorda, alohida yana qayt etmoqchimizki, 2025 yilda yaxshi xorijiy grantlarda muammo bo‘layotgan bo‘lsa, ular uchun ham qo‘shimcha ravishda loyiha qilishga tayyormiz”, deydi u.

Husanov Tramp ma’muriyati AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining grant dasturlarini moliyalashtirishni “muzlatib qo‘ygani” oqibatida O‘zbekistondagi bir qator fuqarolik jamiyati institutlarining loyihalari to‘xtab qolganini aytdi. U barcha fuqarolik jamiyati institutlarini Nodavlat-notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan e’lon qilinadigan davlat granti, davlat ijtimoiy buyurtmalariga faol ishtirok etishga chorlagan.

Ma’lumot uchun, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) AQSH hukumati tarkibiga kiruvchi mustaqil agentlik bo‘lib, boshqa mamlakatlarga yordam berish maqsadida tashkil etilgan. U 1961 yilda tashkil topgan va turli agentliklarning funksiyalarini birlashtirgan. Garchi rasmiy jihatdan mustaqil davlat agentligi bo‘lsa-da, USAID AQSH Prezidenti, Davlat kotibi va Milliy xavfsizlik kengashiga bo‘ysunadi. USAID’ning asosiy faoliyati iqtisodiy rivojlanish, sog‘liqni saqlash, ta’lim, gumanitar yordam, demokratiyani qo‘llab-quvvatlash va AQSH xalqaro siyosiy maqsadlarini ilgari surishdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan inauguratsiyadan so‘ng AQSHning prezidentlik lavozimiga kirishgan respublikachi Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar tomonidan boshqa mamlakatlarga ko‘rsatiladigan yordam dasturlarini 90 kunga to‘xtatish haqida farmonni imzoladi. U shu muddat davomida mazkur dasturlar yangi ma’muriyatning siyosiy maqsadlariga mos yoki mos emasligi tekshirilishini ma’lum qildi. Tramp Xalqaro taraqqiyot agentligi rahbariyatini telbalik va radikalizmda aybladi. Tashkilotning ta’kidlashicha, USAIDʼning to‘xtatilishi AQSH milliy xavfsizligiga tahdid solishi va minglab amerikalikning ish joylarini yo‘qotishiga olib kelishi mumkin. Shundan so‘ng, Amerika federal sudyasi Karl Nikols AQSH hukumatining AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) xodimlarining 2 ming 200 ga yaqinini ma’muriy ta’tilga chiqarish to‘g‘risidagi qarorini to‘xtatdi.


Maqola muallifi

Teglar

USAID xorijiy grant oluvchilar Otabek Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing