O‘zbekistonda yangi unvon ta’sis etildi

Jamiyat

image

Bugun, 19 mart kuni O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qonunga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvoni mamlakatda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni asrab-avaylash, biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgan ekofaollarga beriladi.

Shuningdek, ekologik jihatdan toza va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda hamda amaliyotga joriy etishda, yashil hududlarni kengaytirishda va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida alohida tashabbus ko‘rsatgan, aholining ekologik madaniyatini oshirish, yosh avlodni tabiatga hurmat ruhida tarbiyalash hamda tizimda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash borasida fidokorona mehnat qilayotgan mutaxassis-xodimlarga va sohaning boshqa vakillariga, shuningdek, mazkur yo‘nalishda jamoatchilik nazoratini amalga oshirayotgan ekofaollarga beriladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Ma’lumot uchun, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi 2022 yil may oyida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan. O‘tgan yili 19 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev atrof-muhitni muhofaza qilish va turizm sohalaridagi takliflar taqdimoti bilan tanishganda ham faol va jonkuyar insonlarni rag‘batlantirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvonini ta’sis etish taklifi bildirilgan


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan ekolog

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar