O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, pedagog Oygul Temirovna Xalilova vafot etdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyatida tavallud topgan Oygul Xalilova 2001 yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan taqdirlangan. 2011 yilda O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligi sharafiga yubiley ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 2016 yilda Xalilova “Do‘stlik” ordeni va O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi sharafiga yubiley ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, 15 yanvar kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli aktyor Ravshan Jo‘rayev 63 yoshida olamdan o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

artist Oygul Xalilova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing