O‘zbekistonda Xitoy vaksinasining sifati tekshirilmoqda

Salomatlik

image

O‘zbekistonda Xitoy vaksinasining tekshiruv jarayoni boshlandi. Bu haqda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi xabar bermoqda. 

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 21 oktyabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi koronavirusga qarshi rekombinant vaksinaning klinik sinovlarini O‘zbekistonda tashkil etish masalasi bo‘yicha Xitoy Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti va “Anhui Zhifei Longcom Biopharmacyeutical” kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazgan.

Joriy yilning 19 noyabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligining Ilg‘or texnologiyalar markazi tomonidan sifat nazorati tekshiruvlarini o‘tkazish uchun taqdim qilingan vaksina, platsebo namunalari va tegishli standartlar hamda reagentlar Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi Davlat markazi tomonidan qabul qilingan. 

Hozirgi vaqtda Davlat markazining Farmakologiya qo‘mitasi tomonidan ushbu vaksina klinik tadqiqotlarining birinchi va ikkinchi bosqichlar hujjatlari ekspertizasi boshlangan. Shuningdek, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKning Vaksina, zardob preparatlari va mikrobiologik tahlil laboratoriyasi, Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi hamda Farmako-toksikologik laboratoriyada vaksinaning sifat nazorati tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.

Ta’kidlanishicha, barcha ishlar Sog‘liqni saqlash vazirligi nazoratida amalga oshirilmoqda 

Tekshiruvlar ijobiy yakunlanganidan so‘ng, Davlat markazi va Etika qo‘mitasining ijobiy xulosasiga muvofiq, vaksinaning uchinchi bosqich klinik tadqiqotlarini O‘zbekistonda o‘tkazish masalasi hal etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

67

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing