O‘zbekistonda Xalqlar do‘stligi kuni belgilandi
Jamiyat
−
10 fevral 2021 7004 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Xalqlar do‘stligi kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Qonun bilan 30 iyul – Xalqlar do‘stligi kuni etib belgilandi.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan joriy yilning 5 fevral kuni ma’qullangandi.
Live
Barchasi