O‘zbekistonda kasaba uyushmalari kuni belgilanmoqda

Jamiyat

image

Har yilning 11 noyabri O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni sifatida belgilanmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saytida xabar berildi. 

Qayd etilishicha, mamlakatda qator soha xodimlari bayramlari, jumladan, xalq ta’limi, tog‘-metallurgiya sanoati, prokuratura, davlat bojxona organlari, qishloq xo‘jaligi, qurilish, geologiya, shuningdek, matbuot va ommaviy axborot vositalari, tibbiyot xodimlari kunini nishonlash to‘g‘risida bir qator qonunlar qabul qilingan. 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan “O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqilgan. Yangi qonun loyihasi bilan 11 noyabr kunini O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni, deb belgilash taklif qilinmoqda.

 “Alohida ta’kidlash joizki, bugun barcha sohalarda amalga oshirilayotgan yangilanish va o‘zgarishlarning barchasi Prezidentimiz boshlab bergan yangi va istiqbolli siyosatning yorqin samarasidir. Bu jarayonda kasaba uyushmalari tashkilotlari ham faol ishtirok etayotganini e’tirof etish joiz. E’tiborli jihati shundaki, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi davlat idoralarining yirik ijtimoiy hamkoriga aylandi”, deydi Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov.

Ta’kidlanishicha, mazkur hujjatning qabul qilinishi kasaba uyushmalari tashkilotlarini, eng avvalo, ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularning yanada samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, tashkilot fidoyi xodimlarini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

kasaba uyushmalari kuni

Baholaganlar

27

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar