O‘zbekistonda kambag‘allik 11 foizga pasaydi
Jamiyat
−
11 Sentabr
2532O‘zbekistonda 3,5 million odamni daromadli qilish hisobiga 2023 yil yakuni bilan kambag‘allikni 11 foizga pasaytirishga erishildi. Bu haqda bugun, 11 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, kambag‘al oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Bildirilishicha, to‘rt yil avval bu boradagi ishlar boshlanganida 7,5 million yoki 23 foiz aholining daromadi kambag‘allik chegarasiga yetmas edi. Shu davrda aholi 3,7 millionga ko‘paygan, kambag‘allik chegarasi ham tegishli ravishda 1,5 karra oshirilgan.
Qayd etilishicha, ijtimoiy himoya qamrovi 4,5 karra oshirilib (466 ming oiladan 2,2 millionga), o‘tgan yili bu maqsadlarga 12,3 trillion so‘m ajratilgan. Pensiya va nafaqalar miqdori ham 1,5 baravar ko‘paytirilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyidan O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasini aniqlash uchun foydalaniladigan minimal iste’mol xarajatlari miqdori oshirilib, bir oyda kishi boshiga 648 ming so‘m etib belgilangandi.
LiveBarchasi