O‘zbekistonda eng kam aholi qaysi hududda yashashi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

−

image

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda eng ko‘p va eng kam aholi yashaydigan viloyatlarni ma’lum qildi. Unga ko‘ra, eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida istiqomat qiladi. Viloyat aholisi 4 mln 8 ming 843 kishini tashkil qilmoqda. Eng kam aholi esa Sirdaryo viloyatida yashaydi. Bugungi kunda ushbu viloyatda 873 ming 798 kishi istiqomat qilmoqda.

Joriy yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra:

•  Farg‘ona viloyatida — 3 mln 878 ming 034 kishi;

•  Qashqadaryo viloyati — 3 mln 388 ming 896 kishi;

•  Andijon viloyatida — 3 mln237 ming 266 kishi;

•  Toshkent viloyatida — 3 mln kishi;

•  Namangan viloyatida — 2 mln 914 ming 194 kishi;

•  Toshkent shahrida — 2 mln 840 ming 830 kishi;

•  Surxondaryo viloyatida — 2 mln 726 ming 086 kishi;

•  Buxoro viloyatida — 1 mln 968 ming 268 kishi;

•  Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 1 mln 939 ming 463 kishi;

•  Xorazm viloyatida — 1 mln 914 ming 434 kishi;

•  Jizzax viloyatida — 1 mln 434 ming 964 kishi;

•  Navoiy viloyatida — 1 mln 28 ming 352 kishi istiqomat qilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda aholi soni har kuni o‘rtacha qariyb 2 ming kishiga ortmoqda.

18 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 35 mln 122 ming 514 kishini tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 670,7 ming tug‘ilish qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

398

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing