O‘zbekistonda Qurbon hayiti kunlari qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga ko‘ra, havo harorati kunduz kunlari 34-39 darajani, shimolda va cho‘l hududlarda 41-42 darajagachani tashkil etadi.

21 iyuldan 23 iyulgacha faqat respublikaning tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor, tekislik hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 

Harorat asta-sekin ko‘tariladi va 23 iyul juma kuniga kelib harorat kunduz kunlari 39-42 darajagacha ko‘tariladi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 44 daraja bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

209

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing