O‘zbekistonda qor yog‘ib, harorat -11 gacha tushishi kutilmoqda

Bu qiziq

image

Joriy yilning 13-16 noyabr kunlari O‘zbekistonning qator hududlarida yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar bermoqda. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 13 va 16 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 14 noyabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 15 noyabrda ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13 noyabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3-8° iliq, 14 noyabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 15 noyabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 16 noyabrda kechasi 6-11° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 15 noyabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-14 noyabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi, 15-16 noyabrda kechasi 2-7° sovuqgacha, cho‘l hududlarda 8-11° sovuqgacha, kunduzi 0-5° iliqgacha pasayadi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 13-14 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 15-16 noyabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 14 noyabrda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 1-3° sovuqgacha, kunduzi 8-13° iliq, 15 noyabrda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 1-3° sovuqgacha, kunduzi 3-8° iliq, 16 noyabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 15 noyabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13 noyabrda 3-8° iliq, 14-16 noyabrda 0-5° iliq, ba’zi joylarda 1-3° sovuqgacha, kunduzi 13-14 noyabrda 8-13° iliq, 15 noyabrda 3-8° iliq, 16 noyabrda 1-6° iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, 13 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 14 va 16 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 15 noyabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13 noyabrda 3-8° iliq, 14-16 noyabrda 0-5° iliq, kunduzi 13 noyabrda 10-15° iliq bo‘ladi, 14-16 noyabrda 1-6° iliqgacha pasayadi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 13-14 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 15 noyabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi, 16 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-14 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 15 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq, 16 noyabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13 noyabrda kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi, 14-16 noyabrda kechasi 6-11° sovuqgacha, kunduzi 0-5° sovuqgacha pasayadi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo qor

Baholaganlar

1288

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing