O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 28-29 iyul kunlari O‘zbekiston hududining aksariyat qismida havo harorati pasayib, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu haqda Gidrometerologiya xizmati rahbari Sherzodxo‘ja Habibullaxo‘ja o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.

Avvalroq, O‘zgidromet haftaning ikkinchi yarmida issiq ob-havo massasi O‘zbekiston hududidan chekinishini va respublika bo‘yicha harorat pasaya boshlashini ma’lum qilgan edi.

Prognozga ko‘ra, hafta oxiriga kelib, nisbatan salqin havo massasi respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi va ko‘pchilik viloyatlarda havo harorati 33-36 darajagacha pasayadi, faqat janubda 39-41 daraja shoadi.

25-28 iyul kunlari Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyatining tog‘oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha: So‘x, Farg‘ona tumanlarida va So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

yoz yomg'iri

Baholaganlar

1853

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar