O‘zbekistonga qaysi davlatdan eng ko‘p turistlar keladi?

Jamiyat

image

2025 yilning yanvar oyida jami 678,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 158,5 ming nafarga yoki 30,5 foizga oshgan.

Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekistonga tashrif buyurgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

  • Qirg‘iziston – 211 262 nafar
  • Tojikiston – 200 969 nafar
  • Qozog‘iston – 105 551 nafar
  • Rossiya – 48 695 nafar
  • Afg‘oniston – 42 733 nafar
  • Turkmaniston – 26 154 nafar
  • Turkiya – 11 660 nafar
  • Hindiston – 5 049 nafar
  • Xitoy – 4 988 nafar
  • Koreya – 2 896 nafar
  • boshqa davlatlar – 18 718 nafar

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024 yilda Amerika Qo‘shma Shtatlaridan O‘zbekistonga sayohat maqsadida 24 545 nafar turist kelgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston turist

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing