O‘zbekistonda qancha tibbiyot xodimi bor?

Jamiyat

image

2020 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami shifokorlar soni 91,9 ming nafarni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Shundan ayol shifokorlar soni 44,3 ming nafar (jami shifokorlarga nisbatan 47,7 foiz)ni tashkil qilgan.

Har 10 000 aholiga nisbatan shifokorlar soni 27,1 nafarga teng bo‘lgani aytilmoqda.

O‘rta ma’lumotli tibbiyot xodimlari soni 365,6 ming nafarni tashkil etib, shundan 333,4 ming nafari ayollar (jami o‘rta tibbiyot xodimlariga nisbatan 91,2 foiz).

Har 10 000 aholiga nisbatan o‘rta ma’lumotli tibbiyot xodimlari soni 107,8 nafarni tashkil qildi.


Maqola muallifi

Teglar

tibbiyot xodimi satitistika

Baholaganlar

240

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing