Endi tibbiyot xodimining faoliyatiga to‘g‘anoq bo‘lganlar javobgarlikka tortiladi

Jamiyat

image

Endi O‘zbekistonda tibbiyot xodimining faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi. Bu bo‘yicha Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli qonunni imzoladi.

Qayd etilishicha, Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi 197-7-modda bilan to‘ldirilgan. Unda tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga turli shaklda qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazish uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.

Mazkur qilmish uchun fuqarolarga 1,5 million so‘mdan 2,1 million so‘mgacha (bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 7 baravarigacha), mansabdor shaxslarga esa 2,1 mln so‘mdan 3 mln so‘mgacha (7 baravardan 10 baravargacha) jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq tarzidagi jazo belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qonun ma'muriy javobgarlik tibbiyot xodimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing