O‘zbekistonda qancha tadbirkor ayollar borligi ma’lum qilindi
Jamiyat
−
15 avgust
2503Bugungi kunda kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlarining qariyb 42 mingtasida xotin-qizlar rahbarlik qilmoqda. Bu haqda Senatning Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qo‘mitasi raisi Malika Qodirxonova ma’lum qildi.
QALAMPIR.UZ jurnalistining Senat majlisidan xabar berishicha, “O‘zbekiston Respublikasi Tadbirkorlik kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonun muhokamasida tijorat sohasida faoliyat olib borayotgan 243 mingga yaqin yakka tartibdagi tadbirkorlarning 140 mingdan oshig‘i yoki 42 foizi xotin-qizlardan iborat ekanligi aytildi.
Ta’kidlash joizki, avvalroq Senat “O‘zbekiston Respublikasi Tadbirkorlik kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonunni ma’qullagani haqida xabar bergan edik.
Tadbirkorlik kodeksida ayollar va yoshlar tadbirkorligining asoslari belgilab qo‘yilishi, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish orqali munosib ish va daromad manbai bilan ta’minlashga xizmat qilishi qayd etilgan.
LiveBarchasi