O‘zbekistonda qancha odam pensiya va nafaqa olishi ma’lum qilindi
Jamiyat
−
06 noyabr 2020
8381O‘zbekistonda jami pensiya va nafaqa oluvchilar soni 3,7 mlndan ortiq. Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida bunday fuqarolar soni 239,2 ming nafarga ko‘paydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shundan, 164,1 ming nafari yoshga doir, 21,4 ming nafari nogiron shaxs sifatida, 13,8 ming oila boquvchisini yo‘qotganligi sabab pensiya olgan bo‘lsa, 39,9 ming nafari, ya’ni 16,7 foiziga nafaqalar tayinlangan.
2020 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, Pensiya jamg‘armasining hududiy tuman (shahar) bo‘limlarida hisobga olingan pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 3 mln 785,5 ming nafarni ya’ni aholi sonidagi ulushi 11,1 foizni tashkil qilgan holda 2020 yil 1 yanvar holatiga nisbatan 107,8 ming nafarga ko‘paygan.
Shundan, 2 mln 838,3 ming nafari yoshga doir pensiya, 384,8 ming nafarini nogironlik pensiya, 176,8 ming nafari boquvchisini yo‘qotgan pensiya oluvchi oilalar va 385,6 ming nafarini nafaqa oluvchilar tashkil qiladi.
Xususan, 2020 yil 1 yanvar holatiga nisbatan, yoshga doir pensiya oluvchilar soni 88,7 ming nafar (3,2 foiz)ga, nogironlik pensiyasi oluvchilar soni 2,2 ming nafar (0,6 foiz)ga, yoshga doir nafaqa oluvchilar soni 8,4 ming nafar (26,3 foiz)ga, nogironlik nafaqa oluvchilar soni 10,5 ming nafar (3,5 foiz)ga va boquvchisini yo‘qotganlik nafaqa oluvchi oilalar soni 1,6 ming nafar (5,2 foiz)ga ortgan bo‘lsa, boquvchisini yo‘qotganlik pensiya oluvchi oilalar soni 3 749 nafar (7,9 foiz)ga kamaygan.
Karim Zaripov
LiveBarchasi