O‘zbekistonda jamoat joyida diniy libosda yurishga bo‘lgan taqiq olinishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekistonda fuqarolarning jamoat joylarida diniy liboslarda yurishiga ruxsat berilishi mumkin. Bu haqda yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasida belgilangan. Loyiha Oliy Majlis Qonunchilik palatasida muhokama qilinyapti.

Qonun loyihasi har kimning vijdon erkinligiga bo‘lgan huquqini, dinga bo‘lgan munosabatdan tashqari fuqarolar tengligini, jamiyatda millatlararo va konfessionlararo kelishuvni ta’minlash borasida davlat organlari va diniy tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.

Qonunning yangi tahriri loyihasida 1998 yil 1 mayda qabul qilingan tahriri 14-moddasiga (diniy urf-odatlar va marosimlarni o‘tkazish tartibini belgilovchi modda) o‘zgartirishlar kiritilgan.

Loyihada esa diniy marosim va ibodatlarga oid tartib 13-moddada belgilangan va unda “jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishga” oid cheklovlar nazarda tutilmagan. Ya’ni amaldagi Qonunning mazkur cheklovga oid qismi chiqarib tashlanmoqda.

Shu bilan birga amaldagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda “ibodat libosi” tushunchasiga aniq izoh berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

787

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing