O‘zbekistonda iyun oyida 3,5 mingga yaqin ajrim qayd etildi. Qaysi hudud yetakchi?
Jamiyat
−
06 iyul 2021
37893Joriy yilning iyun oyida Respublika bo‘yicha 3409 ta ajrim holatlari qayd etilgan. Eng ko‘p ajrimlar Toshkent shahrida ro‘yxatga olingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Joriy yilning iyun oyida hududlar kesimida qayd etilgan ajrimlar soni:
- Qoraqalpog‘iston R. – 167 ta;
- Andijon viloyati – 327 ta;
- Buxoro viloyati – 164 ta;
- Jizzax viloyati – 86 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 221 ta;
- Navoiy viloyati – 125 ta;
- Namangan viloyati – 271 ta;
- Samarqand viloyati – 352 ta;
- Surxondaryo viloyati – 167 ta;
- Sirdaryo viloyati – 119 ta;
- Toshkent viloyati – 367 ta;
- Farg‘ona viloyati – 390 ta;
- Xorazm viloyati – 132 ta;
- Toshkent shahri – 521 ta.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda iyun oyi 20 mingdan ziyod nikoh qayd etilgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi