O‘zbekistonda ishsizlikdan xoli mahallalar soni 1 889 taga yetdi
Jamiyat
−
14 Fevral 2025 4440 1 daqiqa
Har yili mehnat bozoriga 600 mingdan ortiq yoshlar kirib kelmoqda. 2030 yilga borib bu ko‘rsatkich 1 million nafarga yetadi. Bu haqda bugun, 14 fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston yoshlari bilan o‘tkazayotgan muloqotida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, bu borada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi yaratilgan. Birgina “Yoshlar daftari” orqali o‘tgan yili 180 ming nafar yoshlarga 345 milliard so‘mlik yordam ko‘rsatilgan.
Bildirilishicha, o‘tgan 8 yilda yosh tadbirkorlar soni 3 karra ko‘payib, bugun biznes vakillarining salkam 40 foizini yoshlar tashkil etmoqda. Ishsiz yoshlar 2 karra kamaygan. Ishsizlikdan xoli mahallalar soni 1 ming 889 taga yetgan.
Shu bilan birga, Sho‘rchi, Buvayda, Furqat, Kasbi, Forish tumanlarida ishsiz yoshlar ko‘pligi u yerdagi rahbarlarning mas’uliyatsizligidan dalolatligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi vaqtda dunyodagi "top" oliygohlarda 1,5 mingdan ziyod o‘zbekistonlik talabalar tahsil olayotgani ma’lum qilingandi.
Live
BarchasiBayden va uning rafiqasi hujumga uchradi
11 Noyabr
11 Noyabr