O‘zbekistonda ishsizlik darajasi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2023 yil yakuniga ko‘ra ishsizlik darajasi  6,8 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga kamaydi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2023 yilning dekabr oyida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti tomonidan respublikaning 208 ta shahar va tumanida navbatdagi ijtimoiy so‘rov o‘tkazilgan.

Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalari asosida o‘tkazilgan tadqiqot davomida 1 000 ta o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, 10 000 uy xo‘jaliklari hamda 53 ming 300 nafar fuqaro qamrab olingan.  

"2024-yilning 1 yanvar holatiga mehnat resurslari soni 19 million 724 ming 900 kishini tashkil etib, 2023 yilning shu davriga nisbatan 207 ming 400 kishiga (1,1 foizga) oshgan", deyiladi vazirlik bayonotida.

Ta’kidlash joizki, avvalroq O‘zbekistonda qancha ishsiz odam borligi aytilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston ishsizlik foiz daraja

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing