O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan texnikalar xaridi uchun 15 foiz subsidiya beriladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 aprelidan boshlab mahalliy ishlab chiqarilgan barcha texnikalar xaridi uchun 15 foiz subsidiya beriladi. Bu haqda bugun, 23 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi.

Ushbu yig‘ilishda bugungi kunda klaster, fermer va dehqonlarning 11 mingga yaqin texnika va agregatlarga talabi mavjudligi qayd etilgan.

 Shu bois, 1 apreldan:

•  mahalliy ishlab chiqarilgan barcha texnikalar xaridi uchun 15 foiz subsidiya beriladi (hozir faqat Chirchiq klasterida ishlab chiqarilgan texnikalarga tatbiq etiladi);

•  import qilingan texnikalar uch yil muddatga bojxona boji va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi, ular bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini kechiktirib (9 oy davomida) to‘lashga ruxsat beriladi (ushbu imtiyozlar hozir faqat paxtachilik va chorvachilik texnikalarida bor);

•  texnika xaridi uchun 10 yil muddatga 10 foizlik kreditlar ajratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev videoselektor yig'ilish subsidiya texnika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing