O‘zbekistonda ipoteka kreditlari qoldig‘i bir yilda 10 trlnga ko‘paydi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2022 yil 1 oktyabr holatiga ipoteka kreditlari qoldig‘i 43,2 trln so‘mni tashkil etib, 2021 yilning mos davriga nisbatan qariyb 32 foizga (10,4 trln so‘mga) o‘sgan. Bu haqda Markaziy bankning Ipoteka kreditlari sharhida ko‘rsatilgan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2022 yil 9 oyi davomida 53 541 nafar fuqaroga ipoteka kreditlari ajratilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan (2021 yil 9 oyi davomida 41 932 nafar fuqaroga 6,1 trln so‘m) 68 foizga yoki 4 193,1 mlrd. so‘mga oshib, 10,3 trln so‘mni tashkil etdi.

Shundan, Moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan 41 245 nafar fuqaroga 7,6 trln so‘m hamda bank mablag‘lari hisobidan 11 351 nafar fuqaroga 2,6 trln so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratilgan.

Mazkur davrda ajratilgan jami ipoteka kreditlarining 8 trln so‘mi yoki 76 foizi (nafarga nisbatan) birlamchi bozordagi uylarga, 2,3 trln so‘mi yoki 24 foizi ikkilamchi bozordagi uylar uchun yo‘naltirilgan. Ushbu kreditlarning 41 foizi (21 725 nafar) xotin-qizlar hisobiga to‘g‘ri keladi.

E’tiborlisi, banklar o‘z mablag‘i hisobidan ajratgan ipoteka kreditlarining jami ajratilgan ipoteka kreditlaridagi ulushi 2022 yil 9 oyida 25,2 foizni (2 608,8 mlrd so‘m) tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan (654,1 mlrd so‘m, jami ajratilgan ipoteka kreditlaridagi ulushi 11 foiz) 299 foizga yoki 4 barobarga oshgan.

2022 yil 9 oyi davomida “Qishloq qurilish invest” IK hamda “O‘zshahar qurilish invest” IK tomonidan qurilgan uylarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlarining jami ajratilgan ipoteka kreditlaridagi ulushi 16,5 foizni (1 705,4 mlrd so‘m) tashkil etgan va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davrida 23 foiz (1 412,5 mlrd so‘m) bo‘lgan bo‘lsa, mazkur davrda aholini uy-joy bilan ta’minlashning bozor tamoyillariga asoslangan “Yangi tartib” doirasida ajratilgan ipoteka kreditlarining ulushi 46,5 foizdan (2 trln 861,5 mlrd so‘mga) 57 foizga (5 trln 898,7 mlrd so‘mga) oshdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

71

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing