O‘zbekistonda gaz va “svet” narxi oshadimi? Vazirlik izoh berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda gaz va elektr energiyasining to‘lov narxlari oshirilishi bo‘yicha xabarlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Matbuot xizmati izoh berdi.

Unga ko‘ra, ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining "Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida"gi qaror loyihasi tayyorlanmoqda. 

"Sizga shuni ma’lum qilamizki, ayni kunlarda aholi va iqtisodiy tarmoqlarni sifatli va uzluksiz elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida energetika sohasini isloh qilishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida"gi qaror loyihasi ish jarayonida va hujjatning loyihasi muhokama uchun regulation.uz ga joylashtiriladi va barchaning fikr va takliflari ko‘rib chiqiladi", deyiladi xabarda.

Vazirlik ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, gaz va elektr energiyasining to‘lov narxlari oshishi mumkin, ammo bu bir kunda yuz bermaydi. Shu bilan birga sohada faqatgina narxlar oshirilmay, boshqa o‘zgarishlar ham bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1272

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing