O‘zbekistonda “GAI”larni foto va videoga olish taqiqlanmoqda
Jamiyat
−
25 mart 2022
18732O‘zbekistonda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l-patrul xizmati xodimlarini foto va videotasvirga olishni taqiqlashmoqchi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirilgan “Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida shunday o‘zgartirish nazarda tutilgan.
Loyihaga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomning 19-bandi 6-xatboshi bilan to‘ldiriladi.
O‘zgartirish natijasida yo‘l harakati qatnashchilari YPX xodimlari bilan o‘zaro munosabatlarda quyidagilarga majbur bo‘ladi:
- YPX xodimining o‘z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holatda olingan foto va video tasvirlarini uning ruxsatisiz Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirmaslik;
- yo‘l harakatining boshqa qatnashchisi hamda YPX xodimi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatga xalaqit bermasligi shart.
Shuningdek, yo‘l harakati qatnashchilari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajaradi.
Loyiha muhokamasi joriy yilning 29 martigacha davom etadi.
LiveBarchasi