O‘zbekistonda futbolni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuziladi
Jamiyat
−
06 aprel 2023 4362 2 daqiqa
O‘zbekistonda futbol infratuzilmasini rivojlantirish uchun O‘zbekiston futbolini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuziladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 6 aprel kuni yoshlar siyosati va sportni rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishgan. Unda futbol infratuzilmasini rivojlantirish uchun O‘zbekiston futbolini rivojlantirish jamg‘armasi tuzilishi ma’lum qilindi.
Shuningdek, iqtidorli futbolchilarni tanlash va tayyorlashning uzviyligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida 14 ta futbol maktabi, "Do‘stlik" stadioni negizida barcha yosh toifalari uchun Terma jamoalar markazi tashkil etilishi, futbol bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash markazi faoliyati takomillashtirilib, Xorvatiya, Yaponiya va boshqa davlatlardan mutaxassislar jalb qilinishi qayd etildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hududiy futbol assotsiatsiyalarining rahbarlari etib belgilanishi ma’lum qilindi.
Bundan tashqari, davlat rahbariga FIFAning maxsus dasturi asosida bog‘cha va mahallalarda "Ommaviy futbol", o‘rta ta’limda "Maktablarda futbol" hamda oliy o‘quv yurtlarida "Talabalar ligasi" dasturlarini joriy qilish taklifi bildirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Navro‘z bayrami tantanalarida o‘zbekistonliklarni qo‘shaloq bayram, ya’ni futbol bo‘yicha mamlakat yoshlar terma jamoasining Osiyo chempioni bo‘lgani bilan tabriklagan edi.
Nodirjon Madaminov
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr