O‘zbekistonda eng arzon va eng qimmat osh qayerlarda sotilyapti?

Jamiyat

image

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi viloyat markaziy hududlari kesimida tayyor palovning o‘rtacha narxlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qo‘mita tomonidan, mamlakatning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (osh markazlari)da o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lgan:

Ro‘yxatda qayd etilishicha, eng qimmat palov Toshkent shahrida (bir porsiyasi 20 250 so‘m), eng arzon osh esa Namangan viloyatida (bir porsiyasi 14 357 so‘m) sotilgan.

Xabarga ko‘ra, narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi.

Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

269

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing