O‘zbekistonda emlash ko‘rsatkichi 100 ming dozadan oshgan hududlar 7 ta bo‘ldi
Jamiyat
−
19 may 2021
2400Kecha, 18 mayda O‘zbekiston hududlari bo‘ylab 65 551 doza COVID-19 ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 15 894 nafarni;
- 2-bosqichda emlanganlar 49 657 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha o‘zbekistonda jami 1 mln 412 312 doza vaksinadan foydalanilgan.
Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 1 mln 125 995 nafarni;
- 2-bosqichda emlanganlar 286 317 nafarni tashkil qildi.
18 may kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
- Andijon viloyati (11 702 doza);
- Farg‘ona viloyati (9729 doza);
- Namangan viloyati (8148 doza) band qildi.
Koronavirusga qarshi jami emlashlar soni:
- Farg‘ona viloyatida 191 014 doza;
- Andijon viloyatida 177 190 doza;
- Namangan viloyatida 154 771 doza;
- Samarqand viloyatida 138 227 doza;
- Toshkent shahrida 102 849 doza;
- Qashqadaryo viloyatida 101 526 doza;
- Surxondaryo viloyatida 100 406 dozani tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi.
LiveBarchasi