O‘zbekistonda “dorixona narkomaniyasi”ni qanday qilib yo‘qotish mumkin?

Jamiyat

image

Narkotik va psixotrop moddalarining noqonuniy savdosiga qarshi kurashish bilan bog‘liq bugungi kundagi vaziyat tashvishli bo‘lib qolmoqda. “Dorixona narkomaniyasi”, giyohvand moddalarining internet savdosi, psixotrop moddalarning yangi turlarining paydo bo‘layotganligi bu borada vaziyat naqadar tahlikali tus olayotganligini anglatadi. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burhonov bugun bo‘lib o‘tgan jamoatchilik muloqotida aytib o‘tdi.

“Achinarlisi, giyohvand moddalar savdosining yangi ko‘rinishlari paydo bo‘layotganligi, ishlab chiqarishning noan’anaviy yo‘llariga o‘tilayotganligidir”, dedi Akmal Burhonov.

Bu mavzuga Sog‘liqni saqlash vazirligi Giyohvand moddalarni nazorat qilish qo‘mitasi raisi Ismat Azizov ham to‘xtalar ekan, jumladan, shunday dedi:

“Dorixonalar tadbirkorlik sub’ekti hisoblangani uchun ular faoliyatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazorat qilish bo‘yicha qonunchilikda cheklovlar mavjud. Lekin buni qayta ko‘rib chiqish kerak, deb o‘ylayman. Chunki dorixonalar klassifikatsiyasiga e’tibor qaratsak, ularga “do‘kon”deb yozib qo‘yilgan, bu — noto‘g‘ri”.

Uning fikricha, dorixonalar do‘kon emas, tibbiyot muassasasi bo‘lishi, unda mutaxassislar ishlashi lozim.

“Agar respublikamizda mavjud mutaxassislar soniga dorixonalar sonini solishtiradigan bo‘lsak, bizda buncha mutaxassis yo‘q. Masalan, Toshkent farmatsevtika institutida mustaqillikning dastlabki yillaridan bugunga qadar 5 yo‘nalishda 9 ming atrofida mutaxassis tayyorlangan bo‘lsa, shundan 4 mingga yaqini dorixonalar bo‘yicha mutaxassislar bitirishgan. O‘ylaymanki, dorixonalarga emas,  mutaxassislarga litsenziya berish amaliyotiga o‘tish lozim. Shundagina javobgarlik mas’uliyati bo‘ladi”, dedi Ismat Azizov.

Avvalroq, O‘zbekistonga 6 mingga yaqin odam narkodispanser hisobida turishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

dorixona narnomaniya

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing