O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana 9400 so‘mdan oshdi
Jamiyat
−
16 Sentabr 2019
4351O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 17 sentyabrdan amalda bo‘luvchi yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari 9411,30 so‘mga teng bo‘lib, o‘tgan haftadagiga nisbatan 15,67 so‘mga qimmatladi.
1 yevro kursi esa 60,57 so‘mga qimmatlab, 10421,13 so‘mni tashkil etdi.
Rubl kursining qiymati ham 3,55 so‘mga qimmatlashib, 1 rubl 146,51 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
Ma’lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.