O‘zbekistonda dollar kursi 12 600 so‘mdan oshdi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi tijorat banklarida 1 AQSH dollarining sotuv kursi 12 610 so‘mgacha ko‘tarilgani xabar qilindi.

Hozirgi vaqtda banklarda xarid kursi 12485 dan 12520 so‘mgacha, sotuv kursi esa 12545 dan 12610 so‘mgacha ko‘tarilgan.

Joriy yilning boshidan beri milliy valyuta birinchi raqamli xalqaro valyutaga nisbatan 1,62 foizga o‘z qadrini yo‘qotgan. Bu ko‘rsatkich 2023 yil davomida 9,7 foizni tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Markaziy banki 14 mart kuni 1 AQSH dollarining milliy valyutaga nisbatan qiymatini 12 546,02 so‘m etib belgilagandi. Markaziy bank belgilaydigan rasmiy kurs O‘zbekiston hududida buxgalteriya, statistika hisoboti, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun ishlatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

dollar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made