O‘zbekistonda “Dok-1 MAKS” tabletka va siropining savdosi to‘xtatildi
Jamiyat
−
22 dekabr 2022
20310Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi dorixonalardan xarid qilingan “Dok-1 Maks” tabletka va sirop dori vositalarini qabul qilgandan so‘ng bemorlarda turli nojo‘ya ta’sirlar kuzatilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan nazoratga olingan. Bemorlar ahvolini o‘rganish va holat sabablarini aniqlash uchun tezkor mutaxassislar guruhi tuzilgan.
“Samarqanddagi dorixonalardan xarid qilingan Hindistonning “Marion Biotech Pvt. Ltd” kompaniyasiga tegishli “Dok-1 Maks” tabletka hamda limon va asal ta’mli sirop dori vositalari o‘rnatilgan tartibda ekspertizadan o‘tkazilmoqda. Laboratoriya tahlillari yakunlangach, uning natijalari haqida e’lon qilinadi”, deyiladi xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu dori vositalarining respublikadagi savdosi bugun, 22 dekabrdan vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “Quramax Medikal” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan realizatsiya qilingan tashkilotlarga xabar yuborildi.
LiveBarchasi