O‘zbekistonda dizel yonilg‘isi arzonlaydi
Jamiyat
−
13 fevral
8766O‘zbekistonda dizel yonilg‘isi narxi arzonlashtiriladi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” raisi Bahodir Siddiqov ma’lum qildi.
Uning aytishicha, kecha, 12 fevral kuni davlat rahbari boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda dizel narxini arzonlashtirish topshirig‘i berilgan.
“Qishloq xo‘jaligida dizel yoqilg‘isi sotib olish asosiy xarajatlardan hisoblanadi. Yig‘ilishda “O‘zbekneftgaz” oldiga 2024 yilda 680 ming tonna dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish, shu bilan birga, mahsulotni arzonlashtirilgan narxda fermer xo‘jaliklariga yetkazib berish vazifasi qo‘yildi”, deydi Siddiqov.
Shuningdek, u joriy yilda 2023 yilga nisbatan qo‘shimcha 200 ming tonna dizel yonilg‘isini ishlab chiqarishni rejalashtirilganini ma’lum qildi.
“Bir hafta mobaynida barcha hisob–kitoblarni yakunlab, dizelning birjaga qo‘yiladigan narxini 15 foizga kamaytirish bo‘yicha hamma choralarni ko‘ryapmiz”, deya qo‘shimcha qildi kompaniya rahbari.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilgandi.
LiveBarchasi