MDHda eng qimmat benzin O‘zbekistonda sotilmoqda  

Bu qiziq

image

O‘zbekistonda benzin narxi MDH davlatlari orasida eng qimmati hisoblanadi.  Bu haqda 150 dan ortiq mamlakatlarda motor yoqilg‘isi, elektr energiyasi va tabiiy gazning chakana narxlarini e’lon qilib boruvchi "Global Petrol Prices" platformasining reytingida keltirilgan.

Odatda benzin narxi boy mamlakatlarda balandroq, kambag‘al mamlakatlarda esa pastroq bo‘lishi kuzatiladi. Biroq  1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 95 markali benzinning bir litri (1,137 dollar) AQSHga (0,911 dollar) nisbatan ancha yuqori narxda sotilyapti.

Platforma MDH davlatlaridagi benzin narxini ham taqqoslagan. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda benzin qiymati eng qimmati deb topilgan.

Jumladan, Turkmanistonda bir litr benzin – 0,428 dollar, Qozog‘istonda – 0,534 dollar, Ozarbayjonda – 0,588 dollar, Rossiyada – 0,617 dollar, Qirg‘izistonda esa 0,801 dollar turadi. Yangi GTL zavodi ishga tushirilganiga qaramay, O‘zbekistonda dizel yoqilg‘isi narxi ham AQSHga qaraganda qimmatroq.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekistonda benzin narxi “osmonga chiqqani” aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

MDH O'zbekiston benzin narxi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing