O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

Foydali

image

O‘zbekistonda 2−3 dekabr kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab respublikaning ba’zi joylarida tuman tushadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Prognoz qilinishicha, dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab havo ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 

Kechasi va ertalab respublikaning ba’zi joylarida tuman tushadi.

Havo harorati asta-sekin ko‘tarila boshlaydi. Juma kunining ikkinchi yarmida havo harorati 10-15 daraja, shanba va yakshanba kunlari 15-18 daraja, kechasi 2-7 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi.

Poytaxtda dam olish kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1−2 dekabrda kechasi va ertalab tuman tushadi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 5-7 daraja iliq, kunduzi 1 dekabrda 13-15 daraja, 2−3 dekabrda 15-17 daraja bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing