O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

Bu qiziq

image

O‘zbekistonda 8−10 dekabr kunlari havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Prognozga ko‘ra, ertaga, 8 dekabr kuni respublikaning ko‘plab hududlarida yomg‘ir yog‘adi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 0-5 darajagacha, kunduzi 5-10 darajagacha iliq, shimolda kechasi -2/-7 daraja, kunduzi 0/-2 daraja sovuq bo‘ladi.

9 dekabr kuni esa yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik faqat O‘zbekistonning markaziy va sharqiy hududlarida saqlanib turadi.

8-9 dekabr kunlari tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik asosan qor shaklida bo‘lib, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi.

8-9 dekabr kunlari esa respublika bo‘ylab shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

10 dekabr kuni respublikaning ko‘pchilik hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Havo harorati 9 dekabr kuni kechasi 0-5 daraja, kunduzi 3-8 daraja iliq, 10 dekabr kuni kechasi -2/-3 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublika shimolida dam olish kunlari kechasi -5/-10 daraja, kunduzi 0/-5 daraja sovuq bo‘ladi

Keyingi haftaning birinchi yarmida sovuq respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi. Havo harorati kechalari -8/-13 daraja , kunduz kunlari -3/-8 daraja sovuqqacha tushadi. Respublika shimolida harorat kechalari -1/5-20 daraja , kunduz kunlari -7/-12 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent shahrida 7 va 10 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8 dekabrda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, 9 dekabrda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Harorat 7 dekabrda 9-11 daraja , 8-10 dekabrda kechasi 0-5 daraja, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made