O‘zbekistonda dam olish kunlari bahordek o‘tadi
Jamiyat
−
07 fevral 2020 4999 1 daqiqa
Kelayotgan dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati 17 dan 20 darajagacha issiq bo‘ladi. Bu haqda bugun, 7 fevral kuni O‘zgidromet matbuot xizmatida xabar berildi.
Deyarli butun O‘zbekiston hududida ushbu harorat saqlanib qoladi, bu esa shu davrdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 10−12 darajaga yuqori. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 9 fevral kuni harorat 3−8 darajagacha tushadi.
Respublikada shamolning tezligi 15−20 m / s gacha kuchayishi kutilmoqda. 9 fevral, yakshanba kuni O‘zbekistonning shimoli-g‘arbida yomg‘ir yog‘adi. Shunindek Toshkentda, kechqurun yomg‘ir yog‘adi. Farg‘ona vodiysida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 7 fevraldan boshlab O‘zbekistonda haroratning ko‘tarilishi O‘rta Yer dengizi mintaqasida siklon hosil qilgan issiq, quruq havo kelishi bilan bog‘liq.
Nurulloh Sharipov
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025