O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati isishi kutilmoqda
Bu qiziq
−
21 dekabr 2023
1022323-25 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga iliq havo massalari kirib kelmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 24-25 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 25 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-25 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23 dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq; 24 dekabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq; 25 dekabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23 dekabrda 0-5 daraja iliq, 24-25 dekabrda 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Shuningdek, Qashqadaryo, va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-24 dekabrda 2-7 daraja iliq, 25 dekabrda 5-10 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida esa havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 23 dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 24-25 dekabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Bundan tashqari, respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 24 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
LiveBarchasi