O‘zbekistonda chaqaloqlarga eng ko‘p qanday ism qo‘yilyapti?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

2022 yilning yanvar-may oylari davomida O‘zbekistonda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga eng ko‘p Soliha va Muhammad Ali ismlari qo‘yildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2022 yilning o‘tgan besh oyida 9929 nafar qizga Soliha va 9567 nafar o‘g‘il bolalarga Muhammad Ali ismi berilgan.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning birinchi choragida va 2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida ham yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga eng ko‘p Soliha va Muhammad Ali ismlari berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

chaqaloq ism

Baholaganlar

1290

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing