O‘zbekistonda bugungacha eng ko‘p qaysi aholi qatlami emlangani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
05 avgust 2021
8875O‘zbekiston aholini koronavirusga qarshi emlash kampaniyasi boshlanganiga ham to‘rt oy to‘ldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘tgan davr mobaynida turli aholi toifalarining qanchasi emlangani haqida ma’lumot berdi.
3 avgust holatiga ko‘ra, aholi qatlamlari kesimida emlash ko‘rsatkichlari quyidagicha:
• 65 yoshdan katta fuqarolar — 1 350 573 doza;
• tibbiyot xodimlari — 887 041doza;
• maktab o‘qituvchilari — 964 112 doza;
• maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari — 360 532 doza;
• surunkali kasalligi borlar — 1 290 655 doza vaksina bilan emlanib, vaksinalarning qolgan qismi boshqa aholi qatlamlari uchun sarflangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi qaroriga asosan:
• 2021 yil 1 sentyabrgacha 18 yoshdan katta bir qancha aholi qatlamlari koronavirus infeksiyasiga qarshi 1-doza vaksinalari;
• 1 oktyabrgacha 2-doza vaksinalari;
• 1 noyabrgacha 3-doza vaksinalari bilan ommaviy emlanishi (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lgan hollar mustasno) shartligi belgilangan edi.
LiveBarchasi