O‘zbekistonda Bosh vazir o‘rinbosari ishga velosipedda keldi

Jamiyat

image

Har yilning 22 sentyabri dunyoning ko‘plab mamlakatlarida "Butunjahon avtomobilsiz harakatlanish kuni" sifati o‘tkaziladi. Ushbu kunga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Turizmni riqojlanirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov ham qo‘shildi. U bugun ishxonasiga velosipedda kelgan. 

Bosh vazir o‘rinbosari ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatuvchilarini avtomobilsiz harakatlanish kunida faol ishtirok etishga chorlamoqda. Jumladan u shunday yozadi:  

“22 sentyabr – Butunjahon avtomobilsiz kuni sifatida dunyoning juda ko‘plab davlatlarida keng nishonlanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, unda yer yuzidagi 1 500 dan ziyod shaharning 100 milliondan ortiq aholisi faol qatnashib keladi. 

Avtomobilsiz kun g‘oyasi 1995 yilda Buyuk Britaniyada paydo bo‘lgan va qisqa muddatda butun dunyoda keng ommalashgan.  2000 yildan beri 22 sentyabr “Butunjahon avtomobilsiz kuni” sifatida nishonlanadi. 

Shu kuni avtomobil haydovchilari shaxsiy transport vositalaridan kamida bir kun foydalanishmaydi, ba’zi shaharlar va mamlakatlarda piyoda yurish, velosiped haydash, jamoat transportidan foydalanish, shuningdek, ish va dam olish joylariga piyoda borish g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi maxsus aksiyalar ham tashkil qilinadi. 

Bunday tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, eng avvalo avtomobillardan chiqayotgan turli zaharli gazlar orqali atmosferaning zaharlanishini kamaytirishga o‘z hissasini qo‘shish, qolaversa piyoda yurish va velosipedda sayr qilishni keng targ‘ib etishdan iborat. Bu esa aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng ommalashtirish yo‘lida xizmat qiladi. 

Men ham sizlarni ushbu xayrli tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, shu kunni avtomobilsiz o‘tkazishga harakat qilishga chorlab qolaman!”, deb yozadi Abduhakimov. 


Maqola muallifi

Teglar

Aziz Abduhakimov

Baholaganlar

607

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing