O‘zbekistonda bolalarga uyatsiz harakatlar qilganlik uchun jazo kuchaytirilmoqda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda bolalarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar uchun belgilangan jazo choralari kuchaytirilmoqda. Bu haqda kecha, 19 noyabr kuni Oliy Majlis Senati tomonidan ma’qullangan “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan.

Qonun bilan jinoyat qonunchiligida voyaga yetmaganlarga nisbatan insonparvarlikni kuchaytirish maqsadida jinoiy javobgarlikka tortish yoshini o‘n uch yoshdan o‘n to‘rt yosh etib belgilanmoqda.

Shuningdek, voyaga yetmagan jabrlanuvchi yoki guvohni so‘roq qilish muddatlari aniq belgilanib, jinoyat-protsessual qonunchilikda voyaga yetmagan jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini so‘roq qilishda psixolog ishtirok etishini ta’minlash nazarda tutilmoqda.

Qonun bo‘yicha o‘z fikrini bildirgan Senat raisi Tanzila Norboyeva bolalar manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha aniq choralar amalga oshirilgani, qonunchilik mustahkamlanib, tashkiliy, institutsional asoslar shakllantirilgan, bolalar mehnatiga barham berilib, Bolalar ombudsmani tashkil etilgani bolalar manfaatini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

“Bu borada erishilgan natijalar xalqimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi barobarida, xalqaro miqyosda ham e’tirof etilmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi tizimli ishlar bundan keyin ham izchil davom ettiriladi. Shu o‘rinda alohida ta’kidlash lozimki, bola huquqlarini ta’minlashda qonun normalarini qat’iylashtirishning o‘zi kifoya qilmaydi. Mazkur masalada jamiyat faolligi va mas’uliyati nihoyatda muhim. Zero, bir bolaga yetti mahalla ota-ona, degan naql bekorga aytilmagan”, deydi Tanzila Norboyeva.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

280

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing