O‘zbekistonda bir oilada 8 kishi koronavirusga chalindi

Jamiyat

image

Kecha, 26 iyun holatiga ko‘ra, boshqa hududlarda ham aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari ko‘paymoqda. Hususan 250 ta kasallik aniqlangan bo‘lsa, shundan 25 nafari aholi orasida aniqlangan. Shundan Xorazm viloyatida 10 nafar, Toshkent shahrida 8 nafar, Toshkent viloyatida 5 nafar, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida esa 1 nafardan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shundan:
•  Toshkent viloyatida yashovchi A.Z.da (profilaktika maqsadida namuna topshirgan);

•  Qibray tumanida yashovchi S.A.da (tumandagi kolbasa sexi ishchisi);

•  Parkent tumanida yashovchi G.M.da, ushbu tumanda yashovchi yana bir fuqaro J.T.da;

•  viloyatdagi “G‘ishtko‘prik” chegara posti navbatchi epidemiologi M.S.da;

•  Sirdaryo viloyatida Qozog‘iston Respublikasidan qaytgan F.M.da; 

•  Buxoro davlat universiteti magistri M.X.da (afg‘onistonlik);

•  Xorazm viloyati Xonqa tumanida yashovchi R.Yu. va uning 7 nafar oila a’zosida; 

•  Urganch tumanida yashovchi X.X.da, Xazorasp tumanida yashovchi M.R.da (bir necha kun davomida tana harorati ko‘tarilgani sababli namuna topshirgan) ham koronavirus tasdiqlangan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi aholini imkon qadar faol muloqotdan, turli tadbirlar o‘tkazishdan tiyilishlarini so‘rab qolgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xorazm O'zbekiston Buxoro Sirdaryo

Baholaganlar

1165

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing