O‘zbekistonda bir kunda ikkinchi marta yer qimirladi
Jamiyat
−
10 iyul 2021 13057 1 daqiqa
Bugun, 10 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 21:05 da (Grinvich bo‘yicha 16:05 da) Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘lgan zilzilaning kuchi Andijon va Farg‘onada sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila koordinatalari: 40,17 gradus shimoliy kenglik; 72,16 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,3. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 276 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Farg‘ona shahrida 3-4 ball, 40 km.
- Andijon shahrida 3 ball, 70 km.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 10 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 07:14 da (Grinvich bo‘yicha 02:14 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘lgandi. Zilzila O‘zbekiston hududida ham sezilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025