O‘zbekistonda bir kun ichida ikkinchi bor zilzila sodir bo‘ldi
Jamiyat
−
23 noyabr 2023
22581Bugun, 23 noyabr kuni O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 23 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:08 da (Grinvich bo‘yicha 23 noyabr 09:08 da) Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida 3,5 balli zilzila yuz bergan. Zilzila koordinatalari 37,46 gradus shimoliy kenglik; 67,73 gradus sharqiy uzunlikka to‘g‘ri keladi.
Yer silkinishining chuqurligi 15 km, magnitudasi 3,5 ga teng. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 442 km janubi-g‘arbda joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun 23 noyabr kuni soat 04:28 da ham aynan Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida 3,2 balli zilzila yuz bergandi.
LiveBarchasi