O‘zbekistonda bir qator tayinlovlar bo‘ldi
Jamiyat
−
21 iyun
16655Bugun, 21 iyun kuni O‘zbekistonda bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qaroriga asosan lavozimga tayinlangan va tasdiqlagan bir qator nomzodlar Bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan hukumat a’zolariga tanishtirildi.
Xususan:
- Abduvaqqos Vohidovich Rafiqov – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi raisi;
- Azim Isroilovich Ahmadxo‘jayev – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi direktori;
- Olimjon Muhammadjonovich Umarov – Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari;
- Jamshid Yunusovich Tursunov – Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.
- Ahmad Xudoyshukurovich Suvonqulov “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.
Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, Amriddin Nasriddinovich Abdurahmonov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining Yo‘l xo‘jaligi sohasiga ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etish va raqamlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani ma’lum qilindi.